Samarqand shahar 1-son texnikumi — Pearson Education Limited (Buyuk Britaniya) tomonidan tasdiqlangan rasmiy markaz (markaz raqami: 98318). Texnikumda xalqaro BTEC International Level 3 malakalari bo’yicha ta’lim beriladi.
BTEC nima?
BTEC — Pearson kompaniyasining amaliyotga yo’naltirilgan kasbiy malakalari. O’quvchilar real ish vaziyatlariga asoslangan topshiriqlarni bajaradi, natijalari esa Pearson standartlari asosida baholanadi va ichki tekshiruvdan o’tadi. BTEC International Level 3 malakasi ko’plab xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ish beruvchilar tomonidan tan olinadi.
Bizdagi BTEC dasturlari
Axborot texnologiyalari
Dasturlash, tarmoqlar, kiberxavfsizlik va raqamli texnologiyalar asoslari.
Sayohat va turizm
Turizm sanoati, mijozlarga xizmat ko’rsatish, sayohatlarni rejalashtirish va boshqarish.
Ishlab chiqarish muhandisligi
Muhandislik asoslari, ishlab chiqarish jarayonlari va ustaxonada amaliy ko’nikmalar.
Nima uchun BTEC?
- Xalqaro miqyosda tan olingan Britaniya malakasi
- Nazariya emas, amaliy ko’nikmalarga urg’u
- Ingliz tilida o’qish va xalqaro standartlar bo’yicha baholash
- Oliy ta’limda o’qishni davom ettirish va ishga joylashish uchun qo’shimcha imkoniyat
Bog’lanish
- Bo’lim boshlig’i: headofdepartment@sampolitex-n1.uz
- Sifat nazorati (Quality Nominee): qualitynominee@sampolitex-n1.uz
- Imtihonlar bo’yicha mas’ul (Exams Officer): examsofficer@sampolitex-n1.uz
